Gollandiya terma jamoasi bosh murabbiyi Ronald Kuman “Barselona” yarim himoyachisi Frenki de Yongning jarohati sabab 14 oylik tanaffusdan so’ng jamoaga qaytishi haqida fikr bildirdi.
“De Yong to’pig’idan emas, balki boldiridan jarohat olgandi. U seshanba kuni terma jamoa lageriga yetib keladi va biz u shanba kuni o’ynashini tahmin qilyapmiz.
Frenki sog’lom bo’lsa, albatta, tarkibda bo’lishi kerak. Ammo u anchadan beri maydonga tushmadi, hali bironta ham to’liq o’yin o’tkazgani yo’q. U biz uchun muhimligicha qolmoqda. Yarim himoyada bizda juda ko’p imkoniyatlar bor”, – deydi Kuman.
Ma’lumot uchun, Gollandiya terma jamoasi Millatlar Ligasi doirasidagi navbatdagi o’yinni 16-noyabr kuni Vengriyaga qarshi o’tkazadi.