Kataloniyaning “Barselona” klubi hujumchisi Robert Levandovski mavsumdagi muvaffaqiyatli start haqida fikr bildirdi.
“Yig’in davomida qattiq tayyorgarlik ko’rdik, shu tufayli o’yinimiz yaxshilandi. Flik bosim ostida o’zini ishonchli his qiladigan jamoa yaratmoqchi”, – deydi Levandovski.
Eslatib o’tamiz, “Barselona” La Liganing 4-turidan so’ng 12 ochko jamg’argan holda turnir jadvalida birinchi o’rinda bormoqda.
Xansi Flik shogirdlari o’zining keyingi o’yinini 15-sentyabr kuni “Jirona”ga qarshi o’tkazadi.