Xulian Alvares “Man. Siti”ni tark etgach jamoa safidagi hujumchilar soni bittaga kamaydi. Klub bu bo’shliqni tezlik bilan tajribali hujumchi bilan to’ldirmoqchi.
“Yana qanday transferlar bo’ladi?” degan savolga jamoa bosh murabbiyi Pep Gvardiola quyidagicha javob berdi:
“Transferlar? Holand mavsumda barcha o’yinlarda maydonga tusha olmaydi. Unga yordamchi kerak. Bozorni ko’ramiz”.
Eslatib o’tamiz, avvalroq “shaharliklar” “Napoli” vingeri Xvicha Kvaratsxeliyaga qiziqish bildirayotgani ma’lum bo’lgandi. Ammo klub hali rasmiy taklif yubormagan.