“Manchester Yunayted” hujumchisi Markus Reshford faoliyatini boshqa klubda davom ettirishi mumkin.
Daily Mail xabariga ko’ra, mankunianliklar 27 yoshli futbolchi uchun 40 million funt miqdoridagi takliflarni ko’rib chiqishga tayyor.
Manbaga ko’ra, “qizil iblislar” Reshfordni sotishga qaror qilganiga qaramay, qishki transferlar vaqtida u uchun taklif tushmasligi mumkin.
Qayd etilishicha, MYU foyda olish va feyr-pley qoidalariga rioya qilish maqsadida futbolchilarni sotishga majbur. Qolaversa, Ruben Amorimga yangi futbolchilarni sotib olish uchun mablag’ kerak.
Ma’lumot uchun, Reshford joriy mavsum barcha turnirlarda 23 ta o’yinda maydonga tushib, 7 ta gol va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt’dagi narxi 60 million yevroga baholanmoqda.