Kataloniyaning “Barselona” klubi o’ng qanot himoyachisi Xulian Arauxo faoliyatini “Bornmut”da davom ettirishi mumkin.
Fabritsio Romanoning xabariga ko’ra, tomonlar ushbu transfer borasida kelishuvga erishgan. Inglizlar 10 million yevrolik taklif yuborgan. “Barselona” esa ushbu taklifni qabul qilgan.
Ma’lumot uchun, Arauxo o’tgan mavsumni “Las Palmas”da ijarada o’tkazgan. Ushbu klub tarkibida 25 ta uchrashuvda maydonga tushib, bitta gol urishga muvaffaq bo’lgan.