Mavsumning ikkinchi yarmini “Milan”da ijara asosida o’tkazayotgan Kayl Uoker Italiya grandida faoliyatini davom ettirmoqchi. Bu haqda Nikolo Skira xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, “rossonerilar” Uokerni “Manchester Siti”dan 5 million yevroga sotib olish huquqiga ega va bu variantni faollashtirishi mumkin. Shu bilan birga, “Milan” “shaharliklar”dan kichik chegirma ham so’rashi aytilmoqda.
Ma’lumot uchun, Uoker joriy mavsum barcha turnirlarda 22 ta o’yinda maydonga tushdi. Uning ingliz klubi bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2026-yilning yoziga qadar amal qiladi.