Tbilisining “Dinamo” klubi 16 yoshli gruziyalik chap qanot himoyachisi Saba Xarebashvili “Barselona” va “Real” qiziqishlari doirasiga tushib qoldi. Bu haqda Diario AS xabar bermoqda.
Saba 15 yoshida “Dinamo”ning asosiy jamoasi safiga qo’shilgan, o’zining ishonchli o’yini va yaxshi jismoniy tayyorgarligi bilan hammani hayratda qoldirdi va bir necha rekordlarni yangiladi.
Ma’lumot uchun, Xarebashvili joriy mavsum klub safida jami 27 ta o’yinda maydonga tushib, ikkita golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt’dagi narxi 300 ming yevroga baholanmoqda.