Dortmundning “Borussiya” klubini erkin agent sifatida tark etgan Marko Roys faoliyatini “Los-Anjeles Gelaksi” safida davom ettiradi. Bu haqda Fabritsio Romano xabar berdi.
Manbaga ko’ra, tomonlar 2025-yilning oxirgicha mo’ljallangan shartnomaga imzo chekkan. Shartnoma kelishuvni uzaytirish bandini ham o’z ichiga olgan.
Yaqin kunlarda vinger tibbiy ko’rikdan o’tish uchun AQShga uchib ketadi.
Ma’lumot uchun, Marko “Borussiya” tarkibiga 2012-yilda kelib qo’shilgan. 12 yillik faoliyati davomida 2 marta Germaniya Kubogi, 3 marta Germaniya Superkubogini qo’lga kiritgan. Shuningdek, Bundesligada 3 marta mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan.