Londonning “Arsenal” klubi yarim himoya va hujum chizig’ini kuchaytirish maqsadida ehtimoliy transferlarni o’rganib chiqmoqda.
TEAMtalk xabariga ko’ra, “kanonirlar” “Milan”ning 26 yoshli yarim himoyachisi Teyani Reynders va “Nyukasl”ning 25 yoshli hujumchisi Aleksandr Isakni o’z safiga qo’shib olmoqchi.
Qayd etilishicha, milanliklar Reyndersni 50 million funtga baholamoqda. Ta’kidlanishicha, gollandiyalik futbolchi Tomas Partiga o’rinbosar bo’lishi mumkin.
Shuningdek, “Arsenal” Isak uchun 100 million funt to’lashga tayyorligini bildirgan.
Ma’lumot uchun, Reynders joriy mavsum barcha turnirlarda 17 ta o’yin o’tkazib, 6 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Isak esa barcha musobaqalarda 13 ta o’yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.