Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Kepa Arizabala atrofidagi mish-mishlar haqida fikr bildirdi.
“Biz ushbu pozitsiyani to’ldirdik. Kurtua safga qaytgan. Shuningdek, bizda Lunin ham bor. Kepa biz bilan juda yaxshi mavsum o’tkazdi. Uni bu yerda bo’lganidan juda xursandmiz, lekin yangi mavsumda nima bo’lishini bilmayman.
Hammasi Luninning kelajagiga bog’liq. Agar u ketishni afzal ko’rib, jamoani tark etsa, keyingi mavsum Kepa “Real” tarkibida bo’ladi”, – dedi Karlo Anchelotti.
Ma’lumot uchun, Kepa o’tgan mavsumni “Real” safida o’tkazdi. Kiper o’z intervyularidan birida yana Madrid klubi safiga qaytishni xohlayotganini ma’lum qilgandi. Bunga asosiy sabab qilib “Chelsi” tarkibida 6 ta darvozabon borligi ko’rsatilmoqda.