Parij shahri mezbonlik qilayotgan yozgi Olimpiada o’yinlari davom ettirildi. Bugun yunon-rum kurashchimiz Islom Bahromov o’z ishtirokini boshladi.
Dastlabki bellashuvda Jamol Valizoda bilan bellashgan hamyurtimiz ishonchli tazda g’alaba qozonib, chorak finalga chiqdi.
Ushbu bosqichda KXDR vakili Se Ung Riga qarshi gilamga chiqqan vakilimiz afsuski mag’lubiyatga uchradi.
Endi koreyalik kurashchi finalga yo’llanman olgan taqdirda hamyurtimiz bronza medallari uchun kurashish imkoniyatini saqlab qoladi.