Squawka statistik portali “Liverpul”ga qarshi to‘liq harakat qilgan “Manchester Siti” himoyachisi Abduqodir Husanovni e’tirof etdi.
Manbaga ko‘ra, ushbu o‘yin haftasida Premyer-Ligada Abduqodir Husanov raqiblardan to‘pni eng ko’p olib qo‘ygan va hujumlarni bartaraf etgan.
Ma’lum bo‘lishicha, O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi 12 bor kurashda “Liverpul” futbolchilaridan ustun kelgan.
Sofascore nashri ham “shaharliklar” himoyasida eng yaxshi o‘yinni Husanov ko‘rsatganini qayd etib, unga 7,2 ball qo‘ygani xabar qilingandi. Uning uzatmalaridagi aniqlik 98 foizni tashkil qilgan.
Ma’lumot uchun, “Liverpul”ga qarshi bahsda Gvardiola shogirdlari 0:2 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. Jamoa 26 turda 44 ochko to‘plab, turnir jadvalida 4-o‘rinda bormoqda.