Niklas Fyullkrug “Borussiya Dortmund”dan “Vest Xem” safiga qo’shildi.

Tomonlar 2028-yilgacha bo’lgan shartnomaga imzo chekishgan. Transfer narxi 27+5 million yevro.
“Bu yerda ekanligimdan xursandman va yangi jamoadoshlarim bilan maydonga tushishni intizorlik bilan kuataman”, – deydi Niklas Fyullkrug.
Eslatib o’tamiz, o’tgan mavsum Fyullkrug “Borussiya Dortmund” safida 43 ta uchrashuv o’tkazib, 15 ta gol va 8 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Bundan tashqari terma jamoa safida 8 ta uchrashuv o’tkazib, 4 ta gol hamda bitta assistni o’z hisobiga yozdirib qo’ygan.