“Leypsig”ning 26 yoshli hujumkor yarim himoyachisi Dani Olmo “Barselona”ga o’tishni istayotganini va boshqa klublar taklifini rad etishini ma’lum qildi. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, kataloniyaliklar Olmoning ularga bo’lgan munosabatini juda qadrlaydi. Takidlanishicha, ayni damda “Barselona” va futbolchining agentlari o’rtasida ikkita uchrashuv bo’lib o’tgan. Keyingi haftada yarim himoyachining ispan grandiga transferi borasida hal qiluvchi uchrashuv o’tkazilishi mumkin.
Ma’lumot uchun, Olmo o’tgan mavsum klub va terma jamoa safida jami 32 ta o’yinda maydonga tushib, 13 ta gol va 7 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Uning klub bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2027-yilning o’rtalariga qadar amal qiladi.