Kataloniyaning “Barselona” klubi matbuot xizmati jamoa darvozaboni Mark-Andre ter Shtegenning jarohati bo’yicha bayonot berdi.
“Tibbiy tekshiruvlar ter Shtegenning o’ng tizzasi son payida yorilish borligini tasdiqladi.
Darvozabon dushanba kuni operatsiya qilinadi, shundan so’ng uning holati haqida yangilangan ma’lumotlarni taqdim etamiz”, – deydiladi bayonotda.
Eslatib o’tamiz, ter Shtegen La Liga doirasidagi “Vilyareal”ga qarshi bahsda jarohat olgandi.