Sobiq futbolchi va “Inter Mayami”ning amaldagi xo’jayini Devid Bekxem kimni tarixdagi eng buyuk futbolchi deb bilishini aytdi.
“Menimcha, Messi dunyoning eng yaxshi futbolchisi. U barcha davrlarning eng zo’ri”, – deydi Bekxem.
Eslatib o’tamiz, “Inter Mayami” hozirda KONKAKAF Chempionlar Kubogida ishtirok etmoqda. Jamoa “Sporting Kanzas Siti”ni ikki o’yinda mag’lub etib, turnirning 1/8 finaliga yo’l oldi.