Londonning “Chelsi” klubi “Real” darvozaboni Andrey Luninga qiziqish bildirmayapti. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, “aristokratlar” allaqachon darvozabon masalasini hal qilgan. Ta’kidlanishicha, “Chelsi” “Vilyareal” posboni Filip Yorgensenni xarid qilishga yaqin turibdi.
Eslatib o’tamiz, avvalroq matbuotda “Chelsi” va “Real” Kepa Arizabalaga va Andrey Luninlarni ayirboshlashi mumkinligi haqida ma’lumotlar paydo bo’lgandi.