Bugun AQSh maydonlarida “Arsenal” va “Man. Yunayted” o’rtasida o’rtoqlik uchrashuvi bo’lib o’tdi. O’yinda londonliklar 2:1 hisobida g’alaba qozondi.
O’yindagi eng esda qolarli vaziyat ikkinchi bo’lim o’rtalarida ro’y berdi. “Man. Yunayted”ning yangi himoyachisi Leni Yoro oyoqlarida og’riq his qildi va maydonni erta tark etdi. Jarohatning qanchalik jiddiyligi esa hozircha noma’lum.
Eslatib o’tamiz, fransiyalik himoyachi bir hafta oldin “Lill” jamoasidan “qizil iblislar” safiga kelib qo’shilgandi.