Portugaliya terma jamoasi va Saudiyaning “Al-Nasr” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu bugun 40 yoshga to’ldi.
Forvard shu kungacha 923 ta gol urdi. Ularning 788 tasini klublar miqyosida, 135 tasini esa terma jamoa safida kiritgan.
Ronaldu faoliyati davomida “Sporting”, “Manchester Yunayted”, “Real”, “Yuventus” va “Al-Nasr” klublarida o’ynagan. U eng ko’p o’yinlarini “Qirollik klubi”da o’tkazgan. Madridliklar safida jami 438 ta o’yinda qatnashib, 450 ta gol urgan va 131 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Shuningdek, 40 yoshli futbolchi besh karra “Oltin to’p” sohibi bo’lgan va besh karra Chempionlar Ligasida zafar quchgan. 2016-yilda esa Ronaldu Yevropa chempioni bo’lgan.