Madridning “Real” klubi hujumchisi Kilian Mbappe yaqinda gastroenterit bilan kasallanganidan so’ng davolanib chiqqan edi.
Marca nashrining xabariga ko’ra, 26 yoshli fransiyalik futbolchi kasallik davomida 4-5 kilogramm vazn yo’qotgan.
Hozirda Mbappe individual tarzda Klublar o’rtasidagi Jahon chempionatining 3-turidan o’rin olgan “RB Zalsburg”ga qarshi o’yin uchun tayyorlanmoqda.
Ma’lumot uchun, ushbu bahs 27-iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 06:00 da start oladi.