Frankfurtning “Ayntraxt” klubi yarim himoyachisi Ugo Larsson faoliyatini Yevropaning grand jamoalaridan birida davom ettirishi mumkin.
Sky Germany xabariga ko’ra, 20 yoshli futbolchiga “Real”, “Manchester Yunayted” va “Liverpul” qiziqish bildirmoqda.
Qayd etilishicha, “Ayntraxt” Larsson uchun taxminan 50 million yevro so’rashi mumkin.
Ma’lumot uchun, Larsson joriy mavsum barcha turnirlarda 20 ta o’yin o’tkazib, 4 ta gol va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning frankfurtliklar bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2029-yilning yoziga qadar amal qiladi.