“Manchester Siti”ning 115 ta qoidabuzarligi bo’yicha sud majlisi boshlanish vaqti ma’lum bo’ldi.
Eslatib o’tamiz, 2023-yilning fevralida Premyer-liga “shaharliklar”ni 2009/2010-yilgi mavsumdan 2017/2018-yilgi mavsumgacha 115 ta turli moliyaviy qoidalarni buzishda ayblagan edi.
Sky Sports xabariga ko’ra, sud majlisi 16-sentyabr kuni boshlanishi rejalashtirilgan.
“Manchester Siti”ga qo’yilgan ayblovlar orasida o’z menejerlaridan birining to’rt yil davomidagi moliyaviy maoshini to’liq oshkor qilmagani, yashirin kelishuv orqali menejer o’z maoshidan ancha ko’p olgani aytilmoqda.
Bundan tashqari, Premyer-liga klub besh yil davomida UEFA moliyaviy feyr-pley qoidalariga rioya qilmagani va Premyer-liga tekshiruvi bilan to’liq hamkorlik qilmaganini da’vo qilmoqda.
Sud jarayonlari taxminan 10 hafta davom etishi kutilmoqda. Komissiya qarori 2025-yilning mart oyida e’lon qilinadi.