Madridning “Real” klubi so’nggi yillarda jamoa futbolchilarining Ispaniya terma jamoasidagi vakillik darajasi pasayganidan xavotir olmoqda. Bu haqda Relevo xabar berdi.
Manbaga ko’ra, “Qirollik klubi” ispaniyalik futbolchilar bilan faol ravishda shartnoma imzolamoqchi.
Hozirda klub kelajakda terma jamoaga chaqirilishi mumkin bo’lgan yosh futbolchilarni sotib olish imkoniyatlarini ko’rib chiqmoqda.