Xorvatiyalik yarim himoyachi Luka Modrich “Real”ni tark etganidan so’ng unga tegishli bo’lgan 10-raqamni kim olishi ma’lum bo’ldi. Bu haqda Marca nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, rahbariyat ushbu raqamni Kilian Mbappega berish imkoniyatlari ko’rib chiqmoqda. Qayd etilishicha, 10-raqam ostida o’ynash fransiyalik futbolchining imijiga ijobiy ta’sir qiladi.
Eslatib o’tamiz, Luka Modrich Klublar o’rtasidagi Jahon chempionati yakunlanganidan so’ng “Real”ni tark etadi.
Ma’lumot uchun, Mbappe o’tgan mavsum barcha turnirlarda 56 ta o’yinda maydonga tushib, 43 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt’dagi narxi 180 million yevroga baholanmoqda.