Kataloniyaning “Barselona” klubi bosh murabbiyi Hans-Diter Flik jamoaning kelasi mavsum uchun qaydnomasi borasida muhim qaror qabul qildi.
Qayd etilishicha, germaniyalik mutaxassis to’rt nafar futbolchi bilan xayrlashmoqchi. Ular: Inyaki Penya, Pablo Torre, Oriol Romeu va Ansu Fati. Flik ushbu futbolchilarni o’z rejalariga kiritmagan.
Ma’lumot uchun, Hansi Flik 2024-yilning yozida “Barselona” bosh murabbiyiga aylandi. U o’zining birinchi mavsumidayoq kataloniyaliklar bilan birga La Liga chempionligi, Ispaniya Kubogi va Superkubogini qo’lga kiritdi.