Jahon chempionati 3-saralash bosqichining 9-turidan o’rin olgan bahsda O’zbekiston milliy terma jamoasi va BAA o’zaro to’qnash keldi va yakunda tomonlar 0:0 hisobidagi durangga imzo chekdi.
Birinchi bo’lim mezbonlarning kichik ustunligida o’tdi. Vakillarimiz asosan qarshi hujumga tayanib harakat qilishdi.
Ikkinchi bo’lim esa yana-da qizg’in o’tdi. Har ikki jamoada ham ko’plab vaziyatlar yuzaga keldi. Biroq ulardan naf chiqmadi.
Ushbu hisob o’yin yakuniga qadar saqlanib qoldi va O’zbekiston milliy terma jamoasi o’z tarixida ilk bor Jahon chempionati yo’llanmasini qo’lga kiritdi.