Bilbaoning “Atletik” klubi vingeri Niko Uilyamsga Yevropaning to’rtta top-klubi qiziqish bildirmoqda. Bu haqda El Nacional xabar berdi.
Manbaga ko’ra, ispaniyalik futbolchini “Bavariya”, “Manchester Yunayted”, “Arsenal” va “Liverpul” o’z safiga qo’shib olmoqchi.
Ma’lumot uchun, Uilyamsning “Atletik” bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2027-yilning yoziga qadar amal qiladi. Uning Transfermarkt’dagi narxi 70 million yevroga baholanmoqda.