FIFA prezidenti Janni Infantino Oʻzbekistonni FIFA Jahon chempionati yoʻllanmasi bilan tabrikladi.
“O‘zbekiston, FIFA Jahon chempionatiga xush kelibsiz! Sizni 2026-yilda Kanada, Meksika va AQShda bo‘lib o‘tadigan FIFA Jahon chempionati tarixiy yo‘llanmasini qo‘lga kiritganingiz bilan chin dildan tabriklayman!
O‘zbekiston FIFAga 1994-yilda a’zo bo‘lganidan buyon Olimpiada o‘yinlari, yoshlar o‘rtasidagi bir nechta FIFA musobaqalarida ishtirok etib, munosib natijalar ko‘rsatib kelmoqda.
Endi esa ajoyib saralash bosqichidan so‘ng sizlar haqli ravishda kelasi yozda o‘tkaziladigan mundialda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ldingiz.
Dunyo bo‘ylab millionlab muxlislar “Oq bo‘rilar”ning jahon sahnasidagi debyutini intiqlik bilan kutishmoqda”, – deyiladi tabrikda.
Ma’lumot uchun, O’zbekiston milliy terma jamoasi saralashning 9-turidan so’ng “A” guruhida 18 ochko jamg’ardi va muddatidan avval Jahon chempionatiga yo’llanma oldi.