Bugun O’zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionati saralash bosqichi doirasida BAA’ga qarshi muhim o’yinda maydonga tushadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da start oladi.
O’zbekiston shu vaqtga qadar BAA’ga qarshi 18 bor maydonga tushgan. Shulardan 5 tasida vakillarimiz g’alaba qozongan, 9 tasida mag’lub bo’lgan va 4 ta o’yin durang bilan yakunlangan.
Mazkur jamoalar o’rtasidagi ilk uchrashuv 1996-yilda bo’lib o’tgan. Unda raqiblarimiz 4:2 hisobida g’alaba qozongan.
O’zbekiston terma jamoasi hozirgacha BAA darvozasini 20 bor ishg’ol qilgan, biroq o’z darvozasidan 25 ta gol o’tkazib yuborgan.
Ushbu jamoalar o’rtasidagi bahs to’purarlari Igor Sergeyev va Server Jeparov hisoblanadi. Ikkala futbolchimiz ham raqib darvozasini 3 martadan ishg’ol qilgan. BAA safida esa Ali Mabhout 2 bor O’zbekiston darvozasiga yo’l topgan.
Hozirda tomonlarning “A” guruhidagi holati quyidagicha ko’rinish olgan:

Ko’rib turganingizdek, O’zbekiston milliy terma jamoasini ushbu o’yinda hatto durang natija ham qoniqtiradi. Shunday ekan, duo qiling! Yillar davomida kutilgan mundial orzusiga bir qadam qoldi.