Londonning “Arsenal” klubi va Norvegiya terma jamoasi yarim himoyachisi Martin Edegor Millatlar Ligasi 2-turi doirasidagi Avstriyaga qarshi uchrashuvda (2:1) jarohat olib, maydonni tark etdi.
Uchrashuvning 67-daqiqasida 25 yoshli futbolchi to’pig’ini qayirib oldi va uning o’rniga Kristian Torsvedt maydonga tushdi. Martin joriy mavsum 4 ta o’yinda ishtirok etdi.
Eslatib o’tamiz, Edegor o’tgan mavsum APL’da 35 ta o’yinda qatnashib, 8 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt’dagi narxi 110 million yevroga baholanmoqda.