“Kristal Pelas”ning o’ng qanot himoyachisi Daniel Munosga Yevropaning uchta top-klubi qiziqish bildirmoqda.
Hozirda kolumbiyalik futbolchini yozda o’ng qanot himoya pozitsiyasini kuchaytirishni rejalashtirayotgan “Barselona” kuzatib bormoqda.
Antena2 xabariga ko’ra, Angliyaning “Manchester Siti” va “Chelsi” klublari ham 28 yoshli futbolchi uchun kataloniyaliklar bilan raqobatga kirishdi.
Ma’lumot uchun, Daniel Munos joriy mavsum klub safida jami 27 ta o’yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt’dagi narxi 25 million yevroga baholanmoqda.