Fransiyaning PSJ klubi yarim himoyachisi Fabian Ruisning uyiga ikki nafar voyaga yetmagan jinoyatchilar bostirib kirdi. Bu haqda Le Parisien nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, voqea dushanba kuni, PSJ Chempionlar Ligasi finalida “Inter”ni mag’lub etgan kunning ertasiga sodir bo’lgan. Voyaga yetmagan ikki nafar shaxs jinoyat joyida qo’lga olingan.
Qayd etish joiz, Ruis PSJ’ning jinoyat qurboniga aylangan birinchi futbolchisi emas. 2023-yilda jamoa darvozaboni Janluiji Donnarumma ham qurolli hujumga uchragan va uyi talon-taroj qilinib, 500 ming yevro zarar yetkazilgan.
Eslatib o’tamiz, PSJ o’z tarixida ilk bor Chempionlar Ligasida g’alaba qozondi.