“Manchester Yunayted” Nussair Mazraui transferini rasman e’lon qildi.

Tomonlar o’rtasida 2028-yilgacha mo’ljallangan shartnoma imzolandi. Shuningdek, bitimni bir yilga uzaytirish imkoniyati ham bor. Transfer narxi 15+5 million yevroni tashkil qildi.
Ma’lumot uchun, marokashlik futbolchi 2022-yildan beri “Bavariya” safida to’p surib kelayotgandi. Bu davr ichida u 55 ta o’yinda maydonga tushib, bitta gol va 8 ta golli uzatmani amalga oshirgan.