Myunxenning “Bavariya” klubi qanot himoyachisi Kingsli Koman faoliyatini qayerda davom ettirish borasida bir qarorga keldi.
Fabritsio Romanoning xabariga ko’ra, 28 yoshli futbolchi unga kelgan barcha takliflarni rad etgan. U “Bavariya”da qolmoqchi.
Eslatib o’tamiz, vingerga so’nggi kunlarda bir qancha klublar, jumladan “Al-Hilol” ham qiziqish bildirayotgandi.
Ma’lumot uchun, Komanning myunxenliklar bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2027-yilning yozida yakuniga yetadi. Uning Transfermarkt’dagi narxi 50 million yevroga baholanmoqda.