Xorvatiya terma jamoasi va Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Luka Modrich faoliyatini “Milan”da davom ettiradi. Bu haqda La Republica nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, Modrich transferga rozi bo’lgan va “rossonerilar” bilan 2026-yilning yoziga qadar mo’ljallangan shartnoma imzolaydi. Muzokaralar hozirda yakuniy bosqichda.
Ma’lumot uchun, Modrich 2012-yildan buyon “Real”da o’ynab kelmoqda. Uning ispan grandi bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 30-iyunda yakuniga yetadi.