“Manchester Siti” APL’ning 22-turida “Ipsvich”ni 6:0 hisobida mag’lub etdi.
Shu tariqa, “shaharliklar” Pep Gvardiola qo’l ostida 13 ta o’yinda oltita va undan ko’proq gol urishga erishdi.
Ispaniyalik mutaxassis ushbu ko’rsatkich bo’yicha “Arsenal”ning sobiq bosh murabbiyi Arsen Vengerga yetib oldi. Gvardiola faqat MYU’ning afsonaviy murabbiyi Ser Aleks Fergyusondan ortda bormoqda (14 ta).
Ma’lumot uchun, “Manchester Siti” APL turnir jadvalida 4-o’rinni, Chempionlar ligasida esa 22-o’rinni egallab turibdi.