“Inter Mayami” hujumchisi Luis Suares KONKAKAF Chempionlar Kubogi chorak finalidan o’rin olgan “Los-Anjeles”ga qarshi javob o’yinida (3:1) jamoadoshi Jordi Albani tishlab oldi.
Ushbu holat uchrashuvning 89-daqiqasida ro’y berdi. Ikki jamoa futbolchilari o’zaro janjallashayotgan chog’da Suares o’zi bilmagan holda Albaning barmog’ini tishlab oldi.
Eslatib o’tamiz, bu urugvaylik futbolchining faoliyatidagi birinchi holat emas. Avvalroq Suares Otman Bakkala (2010), Branislav Ivanovich (2013) va Jorjio Kyellinini (2014) ham xuddi shu usulda jarohatlagandi.