Leverkuzenning “Bayer” klubi futbolchisi Florian Virts Chempionlar ligasida haftaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Germaniyalik yarim himoyachisi “Zalsburg”ga qarshi o’yinda (5:0) ikkita gol va bitta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Ikkinchi o’rin PSV hujumchisi Malik Tillmanga nasib etdi, u “Shaxtyor” darvozasiga ikkita gol urishga muvaffaq bo’ldi.
Kuchli uchlikni “Yang Boyz”ga qarshi o’yinda dubl qayd etgan “Atalanta” vakili Mateo Retegi yakunlab berdi.
Ma’lumot uchun, Virts joriy mavsum YChL’da 5 ta o’yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.