O’zbekiston milliy terma jamoasi va Eronning “Persepolis” klubi hujumchisi Oston O’runov o’smirlik paytidagi murabbiyi Temur Olimxo’jayevga avtomobil sovg’a qildi.
Kuni kecha o’zining 70 yoshini qarshilagan murabbiy o’z shogirdidan “Kobalt” rusumli avtomashina kalitini qabul qilib oldi.
Ma’lumot uchun, O’runov faoliyati davomida “Paxtakor”, “Navbahor”, “Lokomotiv” va Moskvaning “Spartak” klublari sharafini himoya qilgan. 2019-yilning 2-iyunida esa O’zbekiston milliy terma jamoasi safida debyut qilgan.
