O’zbekiston milliy terma jamoasi va “Roma” klubi hujumchisi Eldor Shomurodov rimliklar bilan shartnomasini uzaytirdi. Bu haqda RomaPress nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, tomonlar bitimni yana bir yilga, ya’ni, 2027-yilning yoziga uzaytirishgan. E’tiborlisi, Shomurodov “Roma”da qolish uchun maoshi kamayishiga ham rozi bo’lgan.
Ma’lumot uchun, Eldor joriy mavsum rimliklar safida jami 30 ta o’yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt’dagi narxi 4 million yevroga baholanmoqda.