“Real Madrid”ning so’nggi mashg’ulotlaridan birida jamoa a’zolari Antonio Ryudiger va Jud Bellingem o’zaro janjallashib qoldi. Bu haqda jurnalist Edu Agirre xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, bu holat juma kungi mashg’ulotlarda sodir bo’lgan, biroq, ko’p o’tmay nizo hal qilingan. O’yinchilar bir-birlaridan kechirim so’ragan.
Eslatib o’tamiz, “Real” Ispaniya La Ligasining 31-turida “Alaves”ni 1:0 hisobida mag’lub etdi. Ryudiger ushbu bahsni asosiy tarkibda boshlagan bo’lsa, Bellingem 63-daqiqada zahxiradan maydonga tushdi.
