Saudiyaning “Al-Hilol” klubi vingeri Neymar futbol tarixidagi eng yaxshi beshta darvozabon nomini aytdi.
“Eng yaxshi darvozabonlar? Men ro’yxatga Viktor Valdes, Klaudio Taffarel, Xulio Sezar, Dida va Markosni kiritgan bo’lardim”, – deydi Neymar.
Eslatib o’tamiz, avvalroq Neymar professional faoliyatini boshlagan “Santos” klubiga qaytmoqchi ekanligi va shu maqsadda “Al-Hilol” bilan shartnomasini bekor qilmoqchi ekanligi haqida xabarlar tarqalgandi.
Ma’lumot uchun, braziliyalik futbolchi joriy mavsum saudiyaliklar safida bor yo’g’i ikkita o’yin o’tkazdi.