Argentinalik hujumkor yarim himoyachi Klaudio Echeverri rasman “Manchester Siti”ga o’tdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Eslatib o’tamiz, Echeverri 2024-yilning yanvarida “shaharliklar” bilan shartnoma imzolagan, ammo 2025-yilning fevraligacha “River Pleyt”da ijarada qolgandi.
Yil boshida 19 yoshli futbolchi 20 yoshgacha bo’lgan futbolchilar o’rtasidagi Janubiy Amerika chempionatida ishtirok etib, finalga qadar yetib bordi va 6 ta gol bilan to’purarlar poygasida ikkinchi o’rinni egalladi.
Ma’lumot uchun, Echeverrining “Manchester Siti” bilan tuzgan shartnomasi 2028-yilga qadar mo’ljallangan.