JCh-2026 saralash bosqichi doirasida Argentina terma jamoasi o’z maydonida Braziliyani qabul qilib, 4:1 hisobida g’alaba qozondi.
MisterChip nashrining xabariga ko’ra, Lionel Skaloni shogirdlari o’tgan uchrashuvda ikkita rekord qayd etdi.
Argentina terma jamoasi Janubiy Amerikada bo’lib o’tayotgan Jahon chempionati saralash bosqichida braziliyaliklarga qarshi ikkala o’yinda ham g’alaba qozongan ilk jamoa bo’ldi.
Shuningdek, “albiseleste” mundial yo’lida Braziliyaga to’rtta gol urishga muvaffaq bo’lgan birinchi termaga aylandi.
Ma’lumot uchun, Argentina Janubiy Amerikadan JCh-2026 yo’llanmasini qo’lga kiritgan ilk jamoa bo’ldi.