“Manchester Siti” himoyachisi Riko Lyuis Klublar o’rtasidagi Jahon chempionatining yana ikkita o’yinini o’tkazib yuboradi. Bu haqda ESPN nashri xabar bermoqda.
Eslatib o’tamiz, futbolchi turnirning 1-turidan o’rin olgan “Vidad”ga qarshi uchrashuvning 88-daqiqasida qo’polligi uchun qizil kartochka bilan jazolangandi. Shu sabab Lyuis “Al-Ayn”ga qarshi o’yinni o’tkazib yubordi.
Manbaga ko’ra, FIFA tartib-intizom qo’mitasi 20 yoshli futbolchini yana ikkita o’yinga diskvalifikatsiya qilishga qaror qilgan. Shu tariqa, u guruh bosqichining so’nggi turi va musobaqaning 1/8 finalini o’tkazib yuboradi.
Ma’lumot uchun, “Manchester Siti” turnirning 3-turida “Yuventus” ga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv 27-iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da start oladi. Ushbu bahs “G” guruhi g’olibini aniqlab beradi.