“Manchester Siti”ning yozgi transferlar oynasidagi rejalari ma’lum bo’ldi. Bu haqda Fabritsio Romano xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, “shaharliklar” uchun ustuvor vazifa himoya chizig’ini mustahkamlash ekanligini aytilmoqda va klub buning uchun yangi o’ng qanot himoyachisini sotib olmoqchi.
Qayd etilishicha, “Man. Siti” seleksiya bo’limi va sport bloki allaqachon yangi kelganlar ustida ish olib bormoqda.
Hozirda “shaharliklar” tarkibida faqat bitta sof o’ng qanot himoyachisi bor – Riko Lyuis. Biroq Riko jamoa murabbiylar shtabi talablariga javob bermayapti.