Yarim o’rta vazn toifasida o’zbekistonlik UFC jangchisi Nursulton Ro’ziboyevning navbatdagi raqibi va jang sanasi ma’lum bo’ldi.
Unga ko’ra, hamyurtimiz 17-may kuni tashkil etiladigan UFC Vegas 106 turnirida amerikalik Dastin Stoltzfusga qarshi oktagonga ko’tariladi.
Ma’lumot uchun, 33 yoshli Dastin faoliyati davomida 28 ta jangda ishtirok etib, 22 ta g’alaba va 6 ta mag’lubiyat qayd etgan.
Eslatib o’tamiz, Ro’ziboyev o’zining so’nggi janggini fevral oyida bo’lib o’tgan UFC Fight Night turnirida Erik MakKonikoga qarshi o’tkazgan va ikkinchi raundda raqibini nokautga uchratgan.
