JCh-2026 saralash bosqichi doirasidan o’rin olgan bahsda Argentina va Braziliya terma jamoalari o’zaro to’qnash keldi va yakunda amaldagi jahon chempionlari yirik 4:1 hisobida g’alaba qozondi.
Uchrashuvning 4-daqiqasida Xulian Alvares hisobni ochdi (1:0). Oradan sakkiz daqiqa o’tib, Enzo Fernandes tablodagi ustunlikni mustahkamladi (2:0).
26-daqiqada Braziliya terma jamoasi hujumchisi Mateus Kunya hisobni bittaga qisqartirdi (2:1). 37-daqiqada esa Aleksis Mak Allister tablodagi farqni yana ikkitaga yetkazib qo’ydi (3:1).
Ikkinchi bo’limda, aniqrog’i 71-daqiqada Juliano Simeone Argentina terma jamoasidagi debyut golini urdi (4:1). Shu tariqa, amaldagi jahon chempionlari Braziliya ustida yirik 4:1 hisobida zafar quchdi.
Ma’lumot uchun, Lionel Messi ushbu uchrashuvni ham jarohati sabab o’tkazib yubordi.