UFC’ning yengil vazn toifasi vakillari Arman Sarukyan va Maykl Chandler aprel oyida AQSh’da bo’lib o’tadiga turnirda jang qilishi mumkin. Bu haqda jurnalist Manuk Akopyan xabar bermoqda.
“Menga Sarukyan va Chendler 12-aprel kuni Mayamida bo’lib o’tadigan UFC 314 turnirida jang qilish uchun muzokaralar olib borishayotganini aytishdi”, – deb yozadi Akopyan.
Manbaga ko’ra, Arman mashg’ulotlarni qayta boshlagan va Islam Maxachevga qarshi chempionlik janggini tark etishga majbur qilgan jarohatidan deyarli forig’ bo’lgan.
Ma’lumot uchun, Sarukyan professional MMA’da 25 ta jang o’tkazib, ularning 22 tasida g’alaba qozongan. Chendler esa 32 ta jangda ishtirok etib, 23 tasida zafar quchgan.