O’rta vazn toifasida sobiq UFC chempioni Shon Striklend amaldagi chempion Drikus dyu Plessiga qarshi jang o’tkazish niyatida ekanligini ma’lum qildi.
“Biz AQShda kurashamiz. Sen mendan qochib qutulolmaysan. Bilaman, harakat qilib ko’rasan. Lekin uddalay olmaysan.
Men kamarni Amerikaga qaytaraman”, – deydi Striklend.
Eslatib o’tamiz, Shon Striklend va Drikus dyu Plessi o’rtasidagi dastlabki jang UFC 297 turnirida tashkil etilgandi. Unda dyu Plessi hakamlarning qarori bilan g’alaba qozonib, o’rta vazn toifasida yangi chempionga aylangandi.